Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 238-modda. Tugatilayotgan yuridik shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi

Agar qonunchilikda belgilangan muddatlarda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi va (yoki) oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirmaganligi munosabati bilan tugatish toʻgʻrisida oʻziga nisbatan qaror qabul qilingan yuridik shaxsning mol-mulki qiymati kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa, bunday yuridik shaxs ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda tugatiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, tugatish komissiyasi (tugatuvchi) yuridik shaxsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga yoki qonunchilikda nazarda tutilgan tegishli choralar koʻrilishi uchun davlat soliq xizmati organlariga murojaat etishi shart.