Sud boshqaruvchisi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladi. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar sud boshqaruvchisidan uning harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilishga haqli. Agar sud boshqaruvchisi zimmasiga ushbu Qonunning 23-moddasiga muvofiq yuklatilgan vazifalar bajarilmaganligi yoxud lozim darajada bajarilmaganligi qarzdorga yoki kreditorlarga zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, bu sud boshqaruvchisini oʻz vazifalarini bajarishdan ozod etish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.