Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 64-modda. Kreditorlarga zarar yetkazuvchi bitimlarning haqiqiy emasligi

Qarzdor tomonidan manfaatdor shaxs yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan tuzilgan bitim, agar mazkur bitimning bajarilishi natijasida qarzdorga va (yoki) kreditorlarga zarar yetkazilgan boʻlsa yoki zarar yetkazilishi mumkin boʻlsa, sud boshqaruvchisining arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.