Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 72-modda. Subsidiar javobgarlikka tortiladigan shaxsning huquqlari

Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida sudga berilgan arizaga asosan subsidiar javobgarlikka tortiladigan shaxs toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxsdir. Subsidiar javobgarlikka tortilgan shaxs toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida qarzdorga nisbatan qayta talab qoʻyish (regress) huquqiga ega, uning talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlik qarzdorligiga doir barcha boshqa talablar qanoatlantirilganidan soʻng qanoatlantiriladi.