Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlarda ishlab chiqarishdan ajralgan holda harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtayotgan chaqiriluvchilarning ish joyi va egallagan lavozimi, shuningdek oʻrtacha ish haqi ularning butun tayyorgarlik davrida, shu jumladan oʻqish (yigʻinlar) oʻtkaziladigan joyga borish va u yerdan qaytib kelish davrida saqlanib qoladi. Chaqiriluvchilarga ularning taʼlim olish (yigʻinlar) davrida uy-joy ijarasiga ketgan xarajatlari qoplanishi, oʻqish oʻtkaziladigan joyga borish va u yerdan qaytib kelish (agar bu boshqa aholi punktiga borish bilan bogʻliq boʻlsa) yoʻl kirasi hamda oʻrtacha ish haqi toʻlanishi ularning asosiy ish joyida amalga oshiriladi. Ishlamaydigan chaqiriluvchilarning ana shunday xarajatlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 35,2 foizi miqdoridagi nafaqa tegishli hokimliklar tomonidan qoplanadi (toʻlanadi).
III. FUQAROLARNI CHAQIRUV UCHASTKALARIDA QAYD ETISH, HARBIY XIZMATGA CHAQIRILISH VA KIRISH