Uy-joy kodeksi 104-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzoligidan chiqarish

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi umumiy yigʻilish qarori boʻyicha quyidagi hollarda kooperativdan chiqarilishi mumkin: haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan hujjatlar taqdim etilishi, agar bu hujjatlar kooperativga kirish uchun asos boʻlgan boʻlsa; turar joyni yoki umumiy foydalanishdagi obyektlarni muntazam buzgan yoki shikastlantirgan yoxud ulardan oʻz maqsadi boʻyicha foydalanmayotgan boʻlsa. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi ustavida va qonunchilikda tegishli kooperativ aʼzoligidan chiqarishning boshqa hollari ham nazarda tutilishi mumkin. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperatividan chiqarilgan aʼzo turar joydan koʻchirilishi kerak va uy-joy qurilishi har bir kvadrat metrining qiymati qimmatlashganligi hisobga olingan holda tegishli pay badali unga qaytarib beriladi.