Uy-joy kodeksi 108-modda. Vasiylikka yoki homiylikka olingan shaxsning turar joyini almashtirish

Vasiylikka yoki homiylikka olingan shaxsning foydalanishida yoxud mulkida boʻlgan turar joyni almashtirish uchun tegishli vasiylik va homiylik organining roziligi talab qilinadi. Almashtirishga rozilik bermaslik ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.