Almashtirish boʻyicha olingan turar joyga koʻchib kirishda fuqaro hujjatni (orderni) uy-joylardan foydalanish tashkilotiga yoxud uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi boshqaruviga topshiradi. Ayni bir vaqtda hujjatga (orderga) kiritilgan oila aʼzolarining shaxsini tasdiqlovchi hamda uning ilgarigi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan chiqarilgani toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan hujjatlari koʻrsatiladi. Hujjat (order) qatʼiy hisobda turadigan hujjat sifatida saqlanadi. Hujjatlarni (orderlarni) olgandan keyin taraflardan birining almashtirishni rad etishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.