Turar joylardan umrbod foydalanish huquqi quyidagi hollarda vujudga keladi: umrbod taʼminlash sharti bilan uy, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi tuzilganda; vasiyat qiluvchi turar joyga boʻlgan xususiy mulk huquqi oʻtadigan merosxoʻr zimmasiga ushbu turar joyni umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklagan holda meros qilib qoldirganda.