Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi turar joylari uchun toʻlanadigan haq ijaraga berish shartnomasi boʻyicha uyga qarash, unga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun ketadigan xarajatlarni oʻz ichiga oladi. Turar joyni ijaraga oluvchi turar joy haqini har oyda yashalgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay toʻlashi shart. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining turar joyi uchun haq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda olinadi.