Uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondini, muhandislik uskunalarini, shu uylarga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkalarini lozim darajada saqlashni, ularga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlashni hamda fuqarolarning yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni oʻz ichiga oladi. Davlat uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondining mulkdori va boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot oʻrtasida tuziladigan shartnomaga binoan amalga oshirilishi mumkin. Xususiy uy-joy fondini boshqarish bevosita turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari, shirkat, boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan yoxud qonunchilikka muvofiq boshqacha usulda amalga oshirilishi mumkin. Koʻp kvartirali uyni boshqarish usuli shu uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi. Koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Koʻp kvartirali uy turar joylarning va yashash uchun moʻljallanmagan joylarning mulkdorlari tomonidan bevosita boshqarilganda shu uydagi umumiy mol-mulkni saqlash yoki uni taʼmirlash ishlarini bajarish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish shartnomalari turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi qarorlari asosida tuziladi. Bunda uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari nomidan turar joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan vakil qilingan turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlaridan biri yoki bir nechtasi ish yuritishga haqlidir. Koʻp kvartirali uyni boshqarish “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shirkat tashkil etilmagan koʻp kvartirali uyni boshqarish boshqaruvchi yok