Uy-joy kodeksi 3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasida: uy-joy fondidan foydalanish va uning asralishini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini yuritadi, uy-joy sohasini rivojlantirishning davlat kompleks dasturlarini qabul qiladi; uy-joy xoʻjaligi va kommunal xizmat koʻrsatish boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatiga rahbarlik qiladi; turar joylarni taqsimlash hamda arenda, ijara shartnomalari boʻyicha fuqarolarga berish, shuningdek ularni almashtirish hamda sotish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; uy-joy va kommunal xizmatlar uchun haq toʻlash tizimini tartibga soladi; kompensatsiya, kredit hamda ssudalar berish tartibi va shartlarini tartibga soladi; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.