Fuqarolar va yuridik shaxslarning xohishiga koʻra ularga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan, buzilishi lozim boʻlgan uylar, imoratlar hamda inshootlar koʻchirilishi va yangi joyda tiklanishi mumkin. Uylar, imoratlar va inshootlarni koʻchirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.