Uy-joy kodeksi 40-modda. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar toifalari

Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj va turar joy olish uchun hisobda turgan ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan fuqarolar egadirlar. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar toifalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan fuqarolar aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan bir marta turar joy olishga haqlidirlar.