Uy-joy kodeksi 45-modda. Turar joy hujjati (orderi)

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridan turar joy berish toʻgʻrisidagi qaror asosida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi fuqaroga berilgan turar joyga koʻchib kirish uchun asos boʻladigan yagona namunadagi hujjat (order) beradi. Hujjat (order) faqat boʻsh turgan alohida turar joyga, yangi qurilgan uylarda esa, davlat komissiyasining uyni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomasi tasdiqlanganidan keyingina tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) hokimi qarori bilan berilishi mumkin. Order shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.