Uy-joy kodeksi 62-modda. Ijaraga berilgan turar joyni taʼmirlash

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi ijaraga berilgan turar joyni taʼmirlash, agar turar joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ijaraga oluvchining majburiyatiga kiradi. Ijaraga berilgan turar joyni kapital taʼmirlash, agar shu turar joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ijaraga beruvchining majburiyatiga kiradi. Ijaraga berilgan turar joyni ijaraga oluvchining roziligisiz qayta qurishga, oʻzgartirishga, agar bunday qayta qurish va oʻzgartirish uy-joydan foydalanish sharoitlarini tubdan oʻzgartirsa, yoʻl qoʻyilmaydi.