Uy-joy kodeksi 69-modda. Turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish taraflarning kelishuvi boʻyicha amalga oshiriladi. Turar joyni ijaraga oluvchi oila aʼzolarining hamda oʻzi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning roziligi bilan istalgan vaqtda ijaraga beruvchini uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, ijara shartnomasini bekor qilishi mumkin. Ana shunday ogohlantirishsiz shartnoma bekor qilingan taqdirda ijaraga oluvchi keyingi uch oy uchun turar joy haqini toʻlashi shart. Ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar boshqa aholi punktiga doimiy yashash uchun joʻnab ketganlarida yoki shu aholi punktidagi boshqa turar joyga koʻchib oʻtganlarida turar joyni ijaraga berish shartnomasi joʻnab ketgan yoki koʻchib oʻtgan kundan boshlab bekor qilingan deb hisoblanadi. Turar joyni ijaraga berish shartnomasi istalgan tarafning talabi boʻyicha: agar turar joy doimiy yashash uchun yaroqsiz boʻlib qolsa, shuningdek u avariya holatida boʻlsa; agar turar joy joylashgan uy buzilishi kerak boʻlsa; uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda sud tartibida bekor qilinishi mumkin. Ijaraga berish shartnomasi ijaraga beruvchining talabi boʻyicha quyidagi hollarda sud tartibida bekor qilinishi mumkin: agar shartnomada uzoqroq muddat belgilangan boʻlmasa, ijaraga oluvchi olti oy ortiq muddat uchun turar joy haqini toʻlamasa, qisqa muddatli ijarada esa, shartnomada belgilangan toʻlov muddatini oʻtkazib ikki martadan ortiq toʻlamasa; ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javob beradigan fuqarolar turar joyni buzsa yoxud shikastlantirsa. Agar turar joyni ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javob beradigan boshqa fuqarolar turar joydan oʻz maqsadi boʻyicha foydalanmayotgan boʻlsa, yoxud turmush qoidalarini muntazam buzayotgan boʻlsa, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini ogohlantirishi mumkin va bu talablar bajarilmag