Uy-joy kodeksi 80-modda. Boshqa turar joy bergan holda xizmat turar joylaridan koʻchirish

Boshqa turar joy bergan holda xizmat turar joylaridan quyidagilar koʻchiriladilar: I va II guruh nogironlari; 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va baynalmilalchi jangchilar; harbiy xizmatni oʻtayotganida halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan harbiy xizmatchilarning oilalari; nogiron farzandlari boʻlgan oilalar; tarbiyachi-ota-onalar, oilaviy bolalar uyi tugatilgan taqdirda; xizmat turar joyi bergan tashkilotlarda kamida oʻn yil ishlagan (xizmat qilgan) shaxslar; egallab turgan lavozimi munosabati bilan turar joy berilgan boʻlib, lavozimidan boʻshagan, lekin turar joyni bergan korxona, muassasa, tashkilot bilan mehnat munosabatlarini uzmagan shaxslar; xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishi yoxud korxona, muassasa, tashkilot tugatilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslar; oʻzi ishlagan korxona, muassasa, tashkilotdan pensiyaga chiqqan xodimlar; xizmat turar joyi berilgan shaxs vafot etganda uning oila aʼzolari; voyaga yetmagan farzandlari bilan birga yashayotgan yolgʻiz shaxslar. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan fuqarolarga shu Kodeksning 9-moddasida belgilangan talablarga javob beradigan hamda ushbu aholi punkti chegarasi doirasida boʻlgan turar joy beriladi.