Uy-joy kodeksi 82-modda. Yotoqxonalar berish va ulardan foydalanish

Xodimlar, xizmatchilar, studentlar, oʻquvchilar, shuningdek boshqa fuqarolarga ishlash, xizmat yoki oʻqish davrida yashash uchun yotoqxonalar berilishi mumkin. Maxsus qurilgan yoki shu yotoqxonalar uchun qayta jihozlangan uylar yotoqxonalar sifatida beriladi. Yotoqxonalar ularda yashaydigan fuqarolarning istiqomat qilishlari, shugʻullanishlari va dam olishlari uchun zarur boʻlgan mebel, boshqa uy-roʻzgʻor asboblari va madaniy-maishiy buyumlar bilan taʼminlangan boʻladi. Yotoqxonalardan joy berish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Uylarni yotoqxonalarga oʻtkazish, shuningdek yotoqxonalarga uylar maqomini berish uy-joy fondining mulkdorlari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.