Uy-joy kodeksi 85-modda. Maxsus uylardan koʻchirish

Maxsus uylardan koʻchirish ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi. Mehnat, xizmat munosabatlarini tugatgan fuqarolar, shuningdek oʻquv yurtlarida oʻqishni tamomlagan shaxslar ularga ishi, xizmati yoki oʻqishi munosabati bilan berilgan yotoqxonadan boshqa turar joy bermasdan koʻchiriladilar. Ushbu Kodeksning 80-moddasida qayd etib oʻtilgan fuqarolar boshqa turar joy bermasdan yotoqxonadan koʻchirilishlari mumkin emas. Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylaridan va boshqa maxsus uylardan koʻchirish ushbu turar joy berilishiga olib kelgan sabablar bartaraf etilganligi (kapital taʼmirlash tugaganligi, boshqa turar joy berilganligi yoki olinganligi va hokazo) munosabati bilan, shuningdek ushbu Kodeksda va oʻzga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha ham amalga oshiriladi.