Uy-joy kodeksi 96-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari

Uy-joy qurish kooperativi fuqarolar oʻz mablagʻlari bilan birgalikda qurilishda ishtirok etishi yoʻli bilan kelgusida uydan (uylardan) foydalanish va ularning saqlanishini taʼminlash uchun tashkil etiladi. Uy-joy kooperativi yangi, rekonstruksiya qilingan imoratlarni sotib olish va kelgusida uydan (uylardan) foydalanish uchun tashkil etiladi. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari fuqarolarning ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil etiladigan matlubot kooperativlari hisoblanadi. Agar kooperativning barcha aʼzolari turar joylarning mulkdorlari boʻlsalar, ular uy-joy mulkdorlari shirkatiga birlashish huquqiga ega boʻladilar. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari belgilangan tartibga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtgan paytdan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi.