Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida 21-modda. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish muddatlari

Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan quyidagi muddatlar ichida koʻrib chiqiladi: diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish uchun — murojaat olingan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda; diniy tashkilotni qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun — murojaat olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda.