Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida 24-modda. Diniy tashkilotlar reyestri

Roʻyxatdan oʻtkazilgan diniy tashkilot adliya organlari tomonidan elektron tizimda yuritiladigan va hamma tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlgan diniy tashkilotlar reyestriga (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi) kiritiladi. Reyestrda quyidagilar koʻrsatiladi: diniy tashkilotning nomi va uning qaysi konfessiyaga mansubligi; diniy tashkilotning joylashgan yeri (pochta manzili); diniy tashkilot faoliyat koʻrsatadigan hudud; tashabbuskorlar (taʼsischilar) ishtirokchilar toʻgʻrisidagi axborot (familiyasi, ismi, otasining ismi), aloqa bogʻlash uchun maʼlumotlar; rahbar organning nomi va pochta manzili, aloqa bogʻlash uchun maʼlumotlar; diniy tashkilot roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va boshqa axborot.