Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida 3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: diniy taʼlim muassasasi — muayyan konfessiyaga mansub boʻlgan, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilarini va ular uchun zarur boʻlgan diniy xodimlarni tayyorlash uchun diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha markaziy boshqaruv organi tomonidan tashkil etilgan muassasa; diniy tashkilot — fuqarolarning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan, birgalikda dinga eʼtiqod qilish, ibodat qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarish maqsadida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) oʻz ishtirokchilari (aʼzolari) oʻrtasida taqsimlamaydigan koʻngilli birlashmasi (mahalliy diniy tashkilot, diniy taʼlim muassasasi va diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha markaziy boshqaruv organi); diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha markaziy boshqaruv organi — bir konfessiyaning mahalliy diniy tashkilotlari, shuningdek diniy taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining kamida sakkizta maʼmuriy-hududiy birligida (Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatda, Toshkent shahrida) roʻyxatdan oʻtib faoliyat koʻrsatayotgan mahalliy diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan diniy tashkilot; mahalliy diniy tashkilot — Oʻzbekiston Respublikasining tegishli tumani (shahari) hududida doimiy yashayotgan, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, ellik nafardan kam boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tashabbusi bilan tashkil etilgan, faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman yoki shahar hududida amalga oshiruvchi diniy tashkilot (masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, ibodatxonalar va boshqalar); missionerlik — aniq maqsadga qaratilgan mafkuraviy taʼsir oʻtkazish orqali shaxsni (bir guruh shaxslarni) oʻz diniga kiritish maqsadida unga (ularga) diniy qarashlarni majburan singdirishga va diniy taʼlimotni tarqatishga doir