Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida 12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi: xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlariga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash boʻyicha tadbirlarda ishtirok etadi va bunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar koʻradi; oʻz joniga qasd qilishning oldini olishga doir tadbirlar oʻtkazadi; xotin-qizlarga nisbatan tazyiq oʻtkazganligi va zoʻravonlik sodir etganligi uchun profilaktik hisobda turadigan shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktika tadbirlarini oʻtkazishda ishtirok etadi; nizoli vaziyatlarni profilaktika qilishga, tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir dasturlar hamda uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.