Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida 25-modda. Himoya orderining mazmuni

Himoya orderida quyidagilar koʻrsatiladi: u rasmiylashtirilgan sana va joy; uni rasmiylashtirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar; tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining hamda tazyiq oʻtkazgan yoki zoʻravonlik sodir etgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, kasbi hamda yashash joyi; ushbu Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarning roʻyxati. Himoya orderida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining sudga murojaat qilish huquqi toʻgʻrisidagi, tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxsning himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarligi haqidagi maʼlumot koʻrsatiladi.