Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida 6-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi: xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni, strategiyalarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi; xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida ijtimoiy reabilitatsiya qilishga hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olishga doir tadbirlar oʻtkazadi; tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning huquqlari va erkinliklarini taʼminlash monitoringini oʻtkazadi; tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga ijtimoiy, huquqiy va psixologik xizmatlar koʻrsatadi; nizoli vaziyatlarni profilaktika qilishga, tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir dasturlarni va uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab, sudlarga davlat boji toʻlamasdan ariza, shikoyat va daʼvolar taqdim etadi, sud majlislarida oʻzining vakolatli vakili orqali ishtirok etadi; Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning huquqlari va erkinliklari taʼminlanishini monitoring qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.