Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi. Bunda yetkazilgan zararning oʻrni egalik qiluvchiga toʻliq qoplanishi kerak. Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori, shu jumladan, yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishi mulkdorning roziligi bilan qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarori faqat adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda qabul qilinadi. Tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligi va yer uchastkasining hamda olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining huquq egasi oʻrtasida tuziladigan, yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan beriladigan kompensatsiyaning miqdori, turi va uni berish muddati nazarda tutiladigan kelishuv majburiy ravishda notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. Koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektining mulkdoriga kelishuvda, nizo mavjud boʻlgan taqdirda esa sud qarorida belgilangan jismoniy va yuridik shaxslarning zararlari, shu jumladan boy berilgan foydasi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari qoplanganidan soʻng yoʻl qoʻyiladi. Yer uchastkasini olib qoʻyish va uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qoʻporib tashlash