Yer kodeksi 10-2-modda. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi yer uchastkasi qaysi faoliyatni yuritish maqsadlari uchun moʻljallangan boʻlsa, oʻsha faoliyatning asosiy turini aks ettiradi. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi u toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Kadastr va koʻchmas mulkni roʻyxatga olishning integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritilgan kundan eʼtiboran belgilangan hisoblanadi.