Davlat organlari, muassasalari va korxonalariga doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilishi mumkin. Bunda qishloq xoʻjaligi oborotidan chiqib ketgan sugʻoriladigan yerlar va lalmi yerlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga hamda qishloq xoʻjaligi korxonalariga uch yildan kam boʻlmagan va qirq toʻqqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga beriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, yaylovlar, boʻz yerlar, koʻp yillik dov-daraxtlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, qishloq xoʻjaligi korxonalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan investorlarga oʻttiz yil muddatga, ushbu Kodeksning 46¹-moddasida belgilangan oʻlchamlarda ijaraga berilishi mumkin. Oʻrmon fondining foydalanilmayotgan (oʻrmon bilan qoplanmagan) yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berilishi mumkin. Davlat organlariga, muassasalariga, korxonalariga va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar: davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddatiga — xususiy sherikka; ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar va shartnomalarning amal qilish muddatiga — nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga; jamoat ehtiyojlari uchun boshqa yuridik shaxslarga; yengil turdagi obyektlarni joylashtirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin. Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini ijaraga berishga ulardan ushbu Kodeksning 20-moddasida nazarda tutilgan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini saqlab qolish sharti bilan yoʻl qoʻyiladi. Bunda mazkur tartib ushbu Kodeksnin