Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagi huquqlarga ega: 1) yer uchastkasida undan ruxsat etilgan foydalanishning turlariga muvofiq mustaqil xoʻjalik yuritish; 2) qishloq xoʻjalik ekinzorlari va koʻchatzorlari hamda dov-daraxtlarga, yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsuloti va uni realizatsiya qilishdan olingan daromadga boʻlgan mulk huquqi; 3) yer uchastkasidagi mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, oʻrmonzorlar, suv obyektlaridan xoʻjalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish; 4) yerlarni sugʻorish va ularning zaxini qochirish, agrotexnika va boshqa melioratsiya ishlari oʻtkazish; 5) qishloq xoʻjalik ekinlarini, dov-daraxtlarni sugʻorish hamda boshqa maqsadlar uchun sugʻorish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish; 6) belgilangan tartibda uy-joy binolari, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlarni barpo etish, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning turlari va loyiha hujjatlariga muvofiq ularni qayta qurish va buzib tashlash. Yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar bu ishlarni yer egalari bilan kelishib amalga oshirishga haqli; 7) yer uchastkasi olib qoʻyilgan taqdirda unga yetkazilgan zararning (shu jumladan boy berilgan foydaning) qoplanishini yoki yer uchastkasidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganida sarflangan xarajatlarning toʻlanishini talab qilish; 8) yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha foydalanishga va ichki xoʻjalik ijarasiga berish; 9) yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonunchilikda belgilangan tartibda ikkilamchi ijaraga berish; 10) yer uchastkasiga nisbatan ijara shartnomasidagi oʻz huquqlari va majburiyatlarini belgilangan tartibda boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish); 11) qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish. Yer egasi boʻlgan fuqaro yer uc