Yer kodeksi 45-modda. Alohida qimmatga ega boʻlgan unumdor sugʻoriladigan yerlar

Tuproq unumdorligiga koʻra oʻrtacha tuman bonitet ballidan 20 foizdan koʻp boʻlgan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari alohida qimmatga ega boʻlgan unumdor sugʻoriladigan yerlar jumlasiga kiradi. Alohida qimmatga ega boʻlgan unumdor sugʻoriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim va ularning sugʻorilmaydigan yerlar jumlasiga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.