Yer kodeksi 46-1-modda. Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining ajratiladigan oʻlchamlari

Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari quyidagi oʻlchamlarda ajratiladi: 1) dehqon xoʻjaligini yuritish uchun (bundan ushbu moddaning 1¹-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno) — 0,06 gektardan 1 gektargacha; 1¹ ) dehqon xoʻjaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan ayrim hududlarda — 0,06 gektardan 5 gektargacha; 2) fermer xoʻjaliklariga va boshqa yuridik shaxslarga: sabzavotchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar; bogʻdorchilikka, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar; chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarni yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) — sugʻoriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar; paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 30 gektar; gʻallachilikka, sabzavotchilikka, pillachilik va tutchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar; 3) agrosanoat klasterlari, shu jumladan kooperatsiya shaklidagi klasterlar uchun: paxtachilik-toʻqimachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 2000 gektar; gʻallachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 1000 gektar; sabzavotchilik va polizchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 200 gektar; bogʻdorchilik, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 100 gektar; chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) sugʻoriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar; pillachilik va tutchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar.