Shaharlar va posyolkalardagi qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan va boshqa yerlarga qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining egaligidagi haydaladigan yerlar, bogʻlar, uzumzorlar, tutzorlar, mevazorlar, polizlar, pitomniklar, yaylovlar, pichanzorlar, sugʻorish, zax qochirish va yoʻl tarmogʻi, imoratlar, hovlilar, maydonlar egallab turgan va boshqa yerlar kiradi. Shaharlar va posyolkalarning chegarasidagi qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarda hamda boshqa yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga bu yerlar ushbu Kodeksning 9-moddasiga muvofiq yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.