Yer kodeksi 81-modda. Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlardan foydalanish

Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslanish natijasida ekologiya va sanitariya-gigiyenaga oid belgilangan talablarga javob beradigan mahsulot olish taʼminlanmayotgan yer uchastkalari qishloq xoʻjaligi oborotidan chiqarilishi lozim va konservatsiya qilish uchun ularni zaxira yerlar jumlasiga oʻtkazish mumkin. Bunday yerlarda qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish va realizatsiya qilish taqiqlanadi. Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlardan foydalanish, muhofaza zonalari belgilash, bunday yerlarda uy-joylarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy ahamiyatga molik obyektlarni saqlash, ularda melioratsiya va agrotexnika ishlarini oʻtkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.