Sutkaning qorongʻi vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda, shuningdek yoʻlning yoritilganligidan qatʼi nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositasida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan boʻlishi kerak: barcha mexanik transport vositalarida — uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari; velosipedlarda — fara yoki chiroqlar (agar mavjud boʻlsa); tirkamalarda va shatakka olingan mexanik transport vositalarida — gabarit fara chiroqlari.