Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 136-band. Sutkaning qorongʻi vaqtida yoʻlning yoritilmagan qismida, shuningdek, yetarlicha…

Sutkaning qorongʻi vaqtida yoʻlning yoritilmagan qismida, shuningdek, yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda toʻxtagan yoki toʻxtab turgan transport vositasida gabarit fara chiroqlari yoqilgan boʻlishi kerak. Yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda gabarit chiroqlariga qoʻshimcha ravishda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari, tumanga qarshi fara chiroqlari va tumanga qarshi orqa fara chiroqlari yoqilishi mumkin.