Quyidagi hollarda tumanga qarshi fara chiroqlaridan foydalanish mumkin: yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek, uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan; sutkaning qorongʻi vaqtida yoʻlning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan birga; ushbu Qoidalarning 138-bandida koʻzda tutilgan holatlarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari oʻrniga.