Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 173-band. Aravani boshqarayotgan, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni, podani haydab…

Aravani boshqarayotgan, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni, podani haydab ketayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: yoʻllarda hayvonlarni nazoratsiz qoldirish; podani temir yoʻldan va yoʻlda maxsus ajratilmagan joylardan, shuningdek ruxsat etilgan joylarda esa sutkaning qorongʻi vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda haydab oʻtish; boshqa yoʻllar boʻlganda hayvonlarni mukammal qoplamali yoʻllarda haydab borish; koʻkalamzorlashtirilgan joylarda (yoʻl, yoʻl yoqasi, ajratuvchi mintaqa va boshqalar) hayvonlarni boqish va bogʻlab qoʻyish.