Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 183-band. Qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda tegishli mansabdor va boshqa shaxslar…

Qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda tegishli mansabdor va boshqa shaxslar tomonidan DYHXX bilan belgilangan tartibda quyidagilar kelishilishi shart: shaharlarda va avtomobil yoʻllarida yoʻl harakatini tashkil etishni loyihalash, yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari bilan jihozlash va qayta jihozlash; ushbu Qoidalarning 164-bandida keltirilgan transport vositalarining harakatlanishi; roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalari kontruksiyasiga yoʻl harakati xavfsizligi taʼminlanishiga taʼsir qiladigan oʻzgartirishlar kiritish; yoʻnalishli transport vositalari yoʻnalishlari va bekatlarining joylashishi; yoʻllarda ommaviy sport va boshqa tadbirlarni oʻtkazish; transport vositalarini qayta jihozlash, ularga maxsus yorugʻlik va tovush ishoralarini oʻrnatish, transport vositalari kuzovi yuzalariga rangli rasmlar, yozuvlar va sxemalar, qiya oq chiziqlar tortish; taʼmirlash ishlari olib boriladigan yoʻl uchastkalarida harakatni tashkil etish chizmasi; yoʻllarni, temir yoʻllar kesishmalarini, shuningdek, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarini va yoʻllar boʻylab hamda yoʻl boʻyi hududlarida joylashgan boshqa inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash loyihalarini yoʻl harakatini tashkil etishga oid qism boʻyicha; yoʻl va uning hududlarida har qanday obyektlarning loyihalarini; boshqarishni oʻrgatish ruxsat etilgan yoʻllar roʻyxati va chizmasi; harakat xavfsizligi boʻyicha mutaxassislarni, avtomototransport vositalari yoki shahar elektr transporti vositalarini boshqarishni oʻrgatish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar instruktori va haydovchilarni tayyorlash dasturlari; tezlikning belgilangan meʼyordan oshirilishi yoki kamaytirilishi yuzasidan qarorlarni; yoʻllarda sunʼiy notekislik va shlagbaumni oʻrnatish. Baland piyodalar oʻtish joylarini tashkil etish.