Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 185-band. Koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar tezkor va maxsus…

Koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari tomiga, ustiga, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sharti bilan old yoki orqa tomoniga ham oʻrnatilishi mumkin. Mahkamlash usullari transport vositasi har xil sharoitlarda harakatlanganda ham oʻrnatilgan chiroq-mayoqchalarning mustahkamligini taʼminlashi kerak.