Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 32-band. Yoʻnaltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham…

Yoʻnaltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil maʼnoga ega boʻladi. Ular faqat koʻrsatilgan yoʻnalishga taʼsir etadi. Agar tegishli yoʻl belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan boʻlsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi yashil yoʻnaltirgich ham xuddi shu maʼnoni bildiradi. Svetoforning qoʻshimcha tarmoqdagi ishora oʻchirilgan boʻlsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yoʻnalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.