Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 34-band. Agar svetofor ishorasi piyoda tasviri koʻrinishida boʻlsa, u faqat piyodalarga, velosiped…

Agar svetofor ishorasi piyoda tasviri koʻrinishida boʻlsa, u faqat piyodalarga, velosiped tasviri koʻrinishida boʻlsa, velosipedchilar va individual harakatlanish vositalarini boshqargan shaxslar harakatlanishiga taʼsir qiladi. Bunda yashil ishora piyodalar yoki velosipedchilar va individual harakatlanish vositalarini boshqargan shaxslarning harakatlanishiga ruxsat beradi, qizil ishora ularning harakatlanishini taqiqlaydi.