Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 56-band. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa…

Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart. Agar 5.8.1 yoki 5.8.2 yoʻl belgilari yoxud 1.18 yoʻl chizigʻi bilan boshqa harakatlanish tartibi oʻrnatilmagan boʻlsa, qatnov qismining oʻrtasida u bilan bir sathda joylashgan bir yoʻnalishdagi tramvay izidan chapga burilish va qayrilib olishga ruxsat etiladi. Biroq, bu tramvay harakatiga xalaqit bermasligi kerak.