Oʻzbekiston Respublikasida axborot resurslari va axborot tizimlari ommaviy hamda xususiy mulk boʻlishi mumkin. Axborot resurslari va axborot tizimlariga boʻlgan mulk huquqining vujudga kelishiga quyidagilar asos boʻladi: axborot resurslari hamda axborot tizimlarining davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz mablagʻlari yoki qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yaratilishi; axborot resurslari va axborot tizimlariga boʻlgan mulk huquqining oʻzga shaxsga oʻtishi shartlarini oʻz ichiga olgan oldi-sotdi shartnomasi yoki boshqa bitim; meros olish. Qonunda axborot resurslari va axborot tizimlariga boʻlgan mulk huquqi vujudga kelishining boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin.