Axborotlashtirish toʻgʻrisida 9-modda. Axborot resurslari va axborot tizimlariga boʻlgan mulk huquqi

Oʻzbekiston Respublikasida axborot resurslari va axborot tizimlari ommaviy hamda xususiy mulk boʻlishi mumkin. Axborot resurslari va axborot tizimlariga boʻlgan mulk huquqining vujudga kelishiga quyidagilar asos boʻladi: axborot resurslari hamda axborot tizimlarining davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz mablagʻlari yoki qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yaratilishi; axborot resurslari va axborot tizimlariga boʻlgan mulk huquqining oʻzga shaxsga oʻtishi shartlarini oʻz ichiga olgan oldi-sotdi shartnomasi yoki boshqa bitim; meros olish. Qonunda axborot resurslari va axborot tizimlariga boʻlgan mulk huquqi vujudga kelishining boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin.