Ish yuritish toʻxtatilgan taqdirda, ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan yoxud sud tomonidan belgilangan muddatlarning oʻtishi toʻxtatib turiladi. Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatni amalga oshirishga haqli emas, bundan daʼvoni va dalillarni taʼminlashga qaratilgan harakatlar mustasno.