Iqtisodiy protsessual kodeksi 104-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turishning huquqiy oqibatlari

Ish yuritish toʻxtatilgan taqdirda, ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan yoxud sud tomonidan belgilangan muddatlarning oʻtishi toʻxtatib turiladi. Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatni amalga oshirishga haqli emas, bundan daʼvoni va dalillarni taʼminlashga qaratilgan harakatlar mustasno.