Prokurorning protsessual majburlov choralarini qoʻllash haqidagi koʻrsatmalari surishtiruvchi va tergovchi, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ uchun majburiydir. Bunday koʻrsatmalarga eʼtirozlar yuqori turuvchi prokurorga ushbu Kodeksning 36 , 39 va 39²-moddalarida nazarda tutilgan tartibda taqdim etilishi mumkin.