Jinoyat-protsessual kodeksi 219-modda. Prokurorning protsessual majburlov choralari qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi koʻrsatmasining majburiyligi

Prokurorning protsessual majburlov choralarini qoʻllash haqidagi koʻrsatmalari surishtiruvchi va tergovchi, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ uchun majburiydir. Bunday koʻrsatmalarga eʼtirozlar yuqori turuvchi prokurorga ushbu Kodeksning 36 , 39 va 39²-moddalarida nazarda tutilgan tartibda taqdim etilishi mumkin.